18:50 / 11.03.2021
7587

Samarqand viloyatida mansabdor shaxslarning korrupsiyaviy jinoyatlari sabab budjetga 20,9 milliard so‘m zarar yetkazilgan

Samarqand viloyatida 2020 yilning yanvar oyidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 177 nafar mansabdor shaxs turli ko‘rinishdagi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida davlat budjetiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori 20,9 milliard so‘mdan oshgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Mazkur jinoyatlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda ularning:

  • 9 tasi (barchasi 2020 yilda) bank,
  • 6 tasi (barchasi 2020 yilda) oliy ta'lim,
  • 18 tasi (17 ta 2020 yilda, 1 ta 2021 yilda) xalq ta'limi,
  • 31 tasi (30 ta 2020 yilda, 1 ta 2021 yilda) sog‘liqni saqlash,
  • 16 tasi (15 ta 2020 yilda, 1 ta 2021 yilda ) maktabgacha ta'lim,
  • 1 tasi (2020 yilda) advokatlar,
  • 4 tasi (2 ta 2020 yilda, 2 ta 2021 yilda) soliq,
  • 18 tasi (16 ta 2020 yilda, 2 ta 2021 yilda) ichki ishlar,
  • 6 tasi (barchasi 2020 yilda) MIB,
  • 62 tasi (56 ta 2020 yilda, 6 ta 2021 yilda) boshqa korxona va tashkilot xodimlari tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Tahlillarga ko‘ra, viloyatda budjet mablag‘larini talon-toroj qilishning turli korrupsiyaviy sxemalari keng ildiz otgan. Qayd etilishicha, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish va tekshirishlarda aniqlangan holatlar bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan 93 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergovlarda budjetga jami

8 milliard 688 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlanib, undan 8 milliard 510 million so‘m qaytarilishi ta'minlangan.

Top