19:39 / 11.03.2021
9945

Xitoy AQSh harbiy kemasi tufayli harbiy-dengiz kuchlarini safarbar qildi

AQSh yettinchi floti bayonotida aytilishicha, boshqariluvchi raketalar bilan jihozlangan Arleigh Burke kemasi Tayvan bo‘g‘ozidan xalqaro huquqqa muvofiq oddiy suzib o‘tishni amalga oshirgan.

Foto: Focus Taiwan

AQSh harbiy kemasining Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tishi Pekinning noroziligiga sabab bo‘ldi, deb yozadi Focus Taiwan.

Xabar qilinishicha, Xitoy xalq ozodlik armiyasi qo‘mondonligi AQShning John Finn mina tashuvchi kemasining Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tishini kuzatish uchun harbiy-dengiz kuchlarini safarbar qildi.

AQSh yettinchi floti bayonotida aytilishicha, boshqariluvchi raketalar bilan jihozlangan Arleigh Burke kemasi Tayvan bo‘g‘ozidan xalqaro huquqqa muvofiq oddiy suzib o‘tishni amalga oshirgan.

"AQSh bu harakati bilan mintaqadagi vaziyatni qasddan murakkablashtirib, Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlikni xatar ostiga qo‘ymoqda. Biz bunday harakatlarga keskin qarshimiz", - dedi katta polkovnik Chjan Chunxuey.

 Avvalroq Xitoy AQShning USS John S. McCain esminetsi Tayvan bo‘g‘ozi orqali o‘tgani sababli norozilik bildirgandi.

Top