20:00 / 11.03.2021
6344

Yangi Rozmetov OILAVIY mahsulotini xarid qilib, siz Ezgu Amal xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda ehtiyojmand oilalarga yordam bera olasiz

Qiyinchiliklar odamlarni birlashtiradi va pandemiya buni yana bir bora isbotladi. Barchamiz yaqinlarimizga yordam berishga intilamiz, ko‘plab brendlar ham ushbu mushkul davrda ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.  Ishlab chiqaruvchi yangi OILAVIY mahsuloti sotuvlaridan foizni Ezgu amal xayriya jamg‘armasiga nima uchun topshirishi haqida Rozmetov brendi vakili shunday deydi:

COVID-19 pandemiyasi – biz insoniylikka imtihon topshirayotgan bir davrdir. Insoniylikni saqlab qolish – bu birinchi navbatda yaqinlarga qiyin daqiqalarda yordam qo‘lini cho‘zishdir. Shuning uchun aynan hozir oilaviy qadriyatlarning ahamiyati ayniqsa yuqoridir. Rozmetov kompaniyasida oilaviy qadriyatlar missiya asosini tashkil qiladi. Biz jamoamizni ham katta bir oila deb hisoblab, oiladan oilaga ko‘mak tamoyiliga rioya qilamiz. Shuning uchun, yangi turkum mahsulotlarini ishlab chiqararkanmiz, biz o‘z oilamizdan pandemiyadan ziyon ko‘rgan va moliyaviy ko‘makka muhtoj oilalarga daromadning bir qismini o‘tkazishga qaror qildik. Iste'molchilarimiz OILAVIY mahsulotlarini xarid qilish yo‘li bilan og‘ir turmush sharoitiga tushib qolganlarga yordam bera oladilar. Mablag‘lar mashhur  Ezgu Amal  xayriya jamg‘armasiga o‘tkazilib, ushbu fond 2020 yil davomida 1400 ta oilaga ko‘mak bergan. Mushkul vaziyatga tushgan oilalar www.ezguamal.com saytida ariza qoldirish orqali yordam olishlari mumkin.

Yangi OILAVIY turkum mahsulotlarini tez kunda yurtimizning barcha supermarketlarida va uyingiz yonidagi do‘konlardan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Ta'kidlash joizki, OILAVIY mahsulotlari juda hamyonbop narxlarda sotiladi. Mahsulotlar tarkibining asosiga kurka go‘shti kirib, u V guruhi vitaminlariga, aminokislotalar, mineral moddalarga hamda oqsilga boydir. Bu esa o‘z navbatida   bahorgi avitaminoz davrida immunitetni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Instagram: @rozmetov.uz

Facebook: fb.com/rozmetov.uz

Telegram: t.me/rozmetov_official

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top