21:02 / 11.03.2021
3026

Yil boshidan buyon 153 ta korxona standartlarsiz mahsulot chiqarayotgani aniqlandi

Foto: O‘zstandart

«O‘zstandart» agentligi huzuridagi departament xodimlari 2021 yilning o‘tgan davrida o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida 1024 ta korxonadan 153 tasida me'yoriy hujjatlarsiz, standartlar joriy etilmasdan mahsulot ishlab chiqarilayotgani ma'lum bo‘ldi.

«Misol uchun, o‘rganilgan 391 ta oziq-ovqat sanoati korxonalaridan 60 tasida, 189 ta yengil sanoat korxonalaridan 58 tasida, 136 ta qurilish mahsulotlari korxonalaridan 23 tasida, 136 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari korxonalaridan esa 9 tasida standartlar joriy etilmagani aniqlandi», – deyiladi agentlik axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etishning ahamiyati yuzasidan tavsiya va amaliy ko‘mak berilgan, korxonalar zaruriy standartlar, jumladan xalqaro standartlar bilan ta'minlangan.

Top