16:00 / 12.03.2021
7286
«Assalom Sohil»dan ajoyib ko‘klam tuhfalari

Joriy yilning bahor faslida «Assalom Sohil» turar joy majmuasi yurtdoshlarimizga o‘zining ikkinchi bosqichda qurib bitkazilgan binolarini foydalanishga topshiradi. Shuni alohida e'tirof etish joizki, mazkur turar joy majmuasi o‘zini har tomonlama manfaatli – qulay, zamonaviy, ekologik toza, xavfsiz va shu bilan birga, xonadonlari maqbul loyiha sifatida namoyon eta oldi.

Ahamiyatlisi, bahor ayyomlari arafasida Golden House «Assalom Sohil»ning bo‘lajak aholisiga ular orzu qilgan xonadonni xarid qilishlari uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi. Demak, yoqimli va foydali xaridni amalga oshiring, ya'ni majmuaning xonadonlari maxsus chegirmali maqbul narxlarda o‘z sohiblarini kutmoqda!

«Assalom Sohil» faxr iftixor ila «shahar ichida shahar» degan yuksak maqomga munosib deb topilgandir. Yangi xonadon xarid qilish orqali, albatta, siz poytaxtdagi boshqa narsalardan ajralib qolmaysiz, biroq aynan sizning yangi va shinam uyingiz endilikda alohida maktabgacha ta'lim muassasasi (bolalar bog‘chasi), farzandlaringiz uchun maktab va hattoki o‘z savdo markaziga egaligi shaxsiy qulaylik olamingizga aylanadi. Endilikda  ko‘ngildagidek xordiq chiqarish va xarid qilish uchun shaharning boshqa chekkasiga borishingiz shart emas.

Mazkur turar joy majmuasi ko‘plab afzalliklarga egadir. Birinchisi, qulay va ekologik jihatdan toza hududda joylashganligi. Majmua bejiz «sohil» so‘zi bilan nomlanmagan. Zero majmuaning ayrim xonadonlari derazasidan manzarali sohil bo‘yi aks etib turadi. Yon-atrof esa yam-yashil bog‘, bolalar o‘yin maydonchalari, yugurish va velosiped yo‘laklari, shuningdek, kishilar o‘tirib hordiq chiqarishlari uchun maxsus skameykalar bilan jihozlangan bo‘ladi. Bir qadam narida esa ajoyib mevali bog‘ bo‘lib, kelgusida ushbu maskan siz uchun shahar shovqinidan uzoqlashish va farzandlaringiz bilan maroqli hordiq chiqarishingizda sevimli maskanga aylanishi uchun ajoyib imkoniyatdir.

Xaridorlar uchun ikkinchi muhim afzalliklardan biri shundaki, «Assalom Sohil» turar joy majmuasidagi barcha xonadonlar tayyor ta'mirlangan holatda foydalanishga topshiriladi. Boisi, bu yerda dastlabki qurilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar allaqachon amalga oshirilgan bo‘ladi. Jumladan, kirish va ichki xonalar eshiklari o‘rnatilib, pollar yotqizilgan xojatxona va hammom trubalari va santexnika ham tayyor holga keltirilib, elektr simlari ham tortilgan bo‘ladi. Siz esa shunchaki yangi xonadonga mebel va maishiy buyumlaringiz bilan ko‘chib kelishingiz kerak bo‘ladi.

Majmuaning e'tirofga loyiq uchinchi afzalligi – bu «Assalom Sohil» qurilayotgan hudud shahar markaziga yaqin joylashganidadir. Bu yerda ijtimoiy va transport infratuzilmasi ancha rivojlangan. Bundan tashqari, shu atrofda poytaxtdagi bozorlardan biri («Risoviy»), supermarket, kafe va restoranlar, bolalar musiqa va san'at maktabi, Furqat nomidagi muzli maydonchali bog‘ va akvapark hamda yaqinda qayta rekonstruksiyadan chiqarilgan I.Karimov nomidagi masjid ham joylashgan.

«Assalom Sohil» foydasiga yana bir muhim to‘rtinchi afzallik – xonadonlarning maqbul narxidan tortib, turli usullarda to‘lovni amalga oshirishdagi bir qator qulayliklar kabi manfaatli  takliflar mavjudligidir. Boshqacha qilib aytganda, Golden House o‘z mijozlariga xonadonlarni xarid qilishlarida tez-tez yoqimli chegirmalar taqdim etib turishini hisobga olganda, mazkur majmuadan xonadon sohibi bo‘lish  mijozlar uchun juda foydali bo‘ladi.

Masalan, aynan hozir ham Golden House kompaniyasi tomonidan «Assalom, bahor!» aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu aksiyaga ko‘ra, turar joy majmuasidagi bir nechta xonadon maxsus narxda sotuvga qo‘yilgan. Ammo bu hali hammasi emas – yana qo‘shimcha umumiy qiymati 18 million so‘mdan ziyod bo‘lgan ajoyib oshxona garniturining taqdim etiladi. Demak, «Assalom Sohil»ning shiorini nafaqat «Kiring va yashang!», Balki «Kiring va barchasi muhayyo!» deb ham nomlashimiz mumkin. Siz oshxona majmuasining ergonomikasini, uning shovqinsizligi, xavfsizligi va foydalanishdagi bir qator qulayliklarni munosib baholashingiz mumkin.

Fasllar kelinchagi bo‘lmish ko‘klamoy tashrif buyurdi va chegirmalar hamda sovg‘alar uchun yo‘l ochildi! Shunday ekan, Golden House kompaniyasining ushbu ajoyib aksiyalaridan unumli foydalanishga shoshiling. Zero, bahorning yangilanish davri orzungizdagi xonadonni xarid qilishning qulay vaqtidir.

Call-markaz: +99878-150-11-11

Sayt: assalomsohil.gh.uz

Telegram: t.me/assalom_gh

Facebook: fb.com/assalom.gh

Instagram: @assalom.gh

Reklama huquqi asosida

Top