07:43 / 12.03.2021
4986
Bugun O‘zbekistonda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni respublikada iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida beqaror ob-havo bo‘ladi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi, respublika shimolida harorat 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, ba'zida esa ochiq bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 19-21 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Top