00:28 / 12.03.2021
22021
Foto: Japarovning Toshkentga tashrifi munosabati bilan rasmiy qabul marosimi tashkil etildi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi birinchi kunida rasmiy tadbirlar yakuniga yetgach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan mehmon sharafiga rasmiy qabul marosimi tashkil etildi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a'zolari, davlat va jamoat arboblari, O‘zbekistondagi qirg‘iz diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda qirg‘iz millatiga mansub 300 mingga yaqin fuqaro yashaydi.

Davlat rahbarlari marosim ishtirokchilari bilan suratga tushib, suhbatlashdi. O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati marosimdan suratlar taqdim etdi.

Top