11:28 / 12.03.2021
15447

Foto: O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari Ko‘ksaroyda birgalikda ko‘chat ekdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Sadir Japarov 12 mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga ko‘chat o‘tqazdi.

«Bu O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari do‘stligining, davlatlararo munosabatlarda yangi davr boshlanganining ramzi bo‘ldi, deyish mumkin», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mazkur xiyobonda boshqa hamkor davlatlar rahbarlari ekkan daraxtlar ham bor.

Top