07:20 / 12.03.2021
43278
Kinorejissyor Bahrom Yoqubov olamdan o‘tdi

Taniqli kinorejissyor Bahrom Yoqubov kecha, 11 mart kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda kino yangiliklarini yoritib boruvchi «Kino san’ati» kanali ma'lum qildi

Rejissyor o‘tgan yili «Antiqa ajrashish» nomli filmni suratga olgan edi.

Bahrom Yoqubov ijodini 1989 yilda «Yosh yozuvchining kundaligi» nomli qisqa metrajli filmni tasvirga olishdan boshlagan. U faoliyati davomida «Sarvinoz», «Baxt uchun million», «Tashlandiq», «Yondiradi, kuydiradi», «Fotima va Zuhra», «Sug‘diyona», «Jodugar», «Qochqin», «Boyvachcha kuyov», «Majruh», «Ichkuyov», «Superkelinchak», «Zirapcha», «O, Maryam, Maryam» kabi ko‘plab filmlarni suratga olgan.

Kun.uz ijodkorning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.

Top