08:35 / 12.03.2021
2884
Toshkent viloyatida juda ko‘p miqdordagi dori vositalarining muomalaga kiritilishi oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Tadbirlar davomida, Toshkent tumanida fuqaro X.N. noqonuniy daromad orttirish maqsadida 5 000 dona “Geparin” dori vositasini dorixona va uning filiallaridan tashqarida xaridorga 20 000 AQSh dollariga, xuddi shunday Yangiyo‘l tumanida fuqaro I.I. 8 000 dona “HepaCare” nomli dori vositasini 148,8 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan X.N. va I.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Avvalroq, Hindistonda ishlab chiqarilgan dorilarni 150 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlangandi.

Top