14:26 / 13.03.2021
3191
AQShda Xiaomi bilan hamkorlik qilishga qo‘yilgan taqiq vaqtincha bekor qilindi

Avvalroq Pentagon Xiaomi va Xitoyning yana sakkizta kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgandi. AQShning fikricha, bu kompaniyalar Xitoy maxsus xizmatlari va harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlik qiladi.

Foto: Reuters

AQSh federal sudi Xitoyning Xiaomi kompaniyasiga investitsiya kiritish va u bilan hamkorlik qilishga qo‘yilgan taqiqni vaqtincha bekor qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Yanvar oyida Pentagon Xiaomi va Xitoyning yana sakkizta kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgandi. AQShning fikricha, bu kompaniyalar Xitoy maxsus xizmatlari va harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlik qiladi. Shu sababli bu kompaniyalarga AQSh investitsiyalari kiritilishi taqiqlangan, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak edi.

Shundan so‘ng Xiaomi Pentagon va AQSh moliya vazirligini sudga berdi. Xiaomi o‘z shikoyat arizasida Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritilishini konstitutsiyaga zid deb atagan va uning bekor qilinishini talab qilgandi.

12 mart kuni AQSh okrug sudyasi Rudolf Kontreras Pentagonning Xiaomi milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligi to‘g‘risidagi xulosasini asossiz deb topdi. 

Top