17:32 / 13.03.2021
9490
Armaniston prezidenti qarorgohi yaqinida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi

Avvalroq Pashinyan Armen Sarkisyan bilan ichki siyosiy inqirozdan chiqish yo‘lini muhokama qilish uchun prezident ma'muriyatiga kelgandi.

Foto: Reuters

Armaniston prezidenti qarorgohi yaqinida mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilayotgan namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi.

Xabar qilinishicha, politsiya xodimlari namoyishchilarni prezident qarorgohi yaqinidan uzoqlashtirishga urinmoqda, qo‘lga olinganlar bor. 

Avvalroq Pashinyan Armen Sarkisyan bilan ichki siyosiy inqirozdan chiqish yo‘lini muhokama qilish uchun prezident ma'muriyatiga kelgandi.

Armanistonda muxolifat Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib bir necha oydan buyon namoyishlar o‘tkazmoqda. Bunga o‘tgan yili Armaniston Tog‘li Qorabog‘da tinchlik o‘rnatish maqsadida Ozarboyjon bilan kelishuv imzolagani sabab bo‘ldi. Muxolifat mamlakat bosh vazirini xoinlikda ayblamoqda.

Top