17:10 / 13.03.2021
7342

Pandemiya davrida O‘zbekistonda o‘g‘riliklar soni sezilarli ko‘paygan

2020 yil O‘zbekistonda 8 ming 164ta o‘g‘rilik va 18 ming 660ta firibgarlik jinoyati sodir etilgan.

Bu haqda Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov aytib o‘tdi.

«Pandemiya paytida ko‘pchilik oilalar daromadsiz qolgani uchun va bu davrda profilaktik tadbirlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi sababli mulkiy turdagi jinoyatlar soni ko‘paydi.

Jumladan, o‘tgan yili o‘g‘riliklar soni 8 ming 164 tani tashkil etgan. Bunda xonadonlarda qilingan o‘g‘riliklar soni 1918ta, savdo shoxobchalaridagi o‘g‘riliklar 813ta va transport vositalaridagi o‘g‘riliklar 774tani tashkil etdi.

Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonda 18 ming 660ta firibgarlik jinoyati sodir etilgan. Bu jinoyatni sodir etganlarning 4 ming 124tasini ishsiz fuqarolar tashkil etgan», – deya Ichki ishlar vazirining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top