11:45 / 13.03.2021
25235
Xorazm viloyatining ko‘plab hududlari elektr energiyasiz qoldi

Ob-havo sharoitining noqulay kelishi, jumladan, kuchli shamol esib, qor yog‘ishi oqibatida Xorazm viloyati elektr energiyasi ta'minotida jiddiy uzilishlar yuz berdi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

13 mart kuni ertalabdan viloyatning ko‘plab shahar va tumanlari “svetsiz” qoldi. Davlat idoralari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub'yektlari ish faoliyati to‘xtadi. Yo‘llarda transport vositalarining xavfsiz harakati bilan bog‘liq muammolar ko‘paydi. Svetoforlarning ishlamay qolishi oqibatida, chorrahalarda tirbandliklar yuzaga keldi.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabariga ko‘ra, elektr ta'minotidagi uzilishlar noqulay ob-havo sharoiti oqibatida yuzaga kelgan avariyalar bilan bog‘liq. Hozirgi vaqtda tezkor ishchi guruhlar jalb qilinib, avariyalarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.

 

Top