15:28 / 14.03.2021
3264
13 mart kungi hasharda 8,3 million kishi qatnashgani, 8 millionta daraxt ekilgani aytildi

Mahalla vazirligiga ko‘ra, hashar kuni 5768 ta oilaning uy-joylari ta'mirlab berilgan, 12 755 ta ehtiyojmand oilaga 2,1 mlrd so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda 13 mart, shanba kuni o‘tkazilgan hasharda jami 8 340 924 kishi qatnashdi. Shundan 4 718 280 nafari – yoshlar, deb ma'lum qildi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi.

«Umumiy hisobda 11 788 km ariq va zovurlar tozalanib, 9 070 ta qabriston, 638 ta ziyoratgoh obodonlashtirildi.

Mahallalar, ko‘chalar va xiyobonlar, aholi xonadonlarida jami 8 088 298 ta daraxt (4 063 483 ta manzarali, 4 024 815 ta mevali daraxt) ko‘chatlari, 4 990 207 ta gul ko‘chati ekildi. Mavjud 7 771 876 ta daraxt oqlanib, ularga turli shakllar berildi», – deyildi hisobotda.

Vazirlik ekilgan daraxt va gul ko‘chatlari sonini hududlar kesimida ham keltirgan. Unga ko‘ra, eng ko‘p manzarali daraxt Toshkent viloyatida, eng ko‘p mevali daraxt Namangan viloyatida ekilgan:

  • Andijon viloyatida 239 650 ta manzarali, 329 907 ta mevali daraxt, 798 833 ta gul ko‘chati;
  • Buxoro viloyatida 340 493 ta manzarali, 264 172 ta mevali daraxt, 251 198 ta gul ko‘chati;
  • Jizzax viloyatida 88 566 ta manzarali, 50 211 ta mevali daraxt, 34 166 ta gul ko‘chati;
  • Navoiy viloyatida 166 868 ta manzarali, 106 872 ta mevali daraxt, 169 269 ta gul ko‘chati;
  • Namangan viloyatida 581 476 ta manzarali, 1 193 866 ta mevali daraxt, 926 517 ta gul ko‘chati;
  • Samarqand viloyatida 373 401 ta manzarali, 336 748 ta mevali daraxt, 493 856 ta gul ko‘chati;
  • Sirdaryo viloyatida 130 309 ta manzarali, 82 596 ta mevali daraxt, 85 430 ta gul ko‘chati;
  • Surxondaryo viloyatida 160 110 ta manzarali, 71 962 ta mevali daraxt, 97 708 ta gul ko‘chati;
  • Toshkent viloyatida 915 765 ta manzarali, 939 182 ta mevali daraxt, 1 209 622 ta gul ko‘chati;
  • Farg‘ona viloyatida 764 984 ta manzarali, 455 549 ta mevali daraxt, 620 280 ta gul ko‘chati;
  • Xorazm viloyatida 7 101 ta manzarali, 5 248 ta mevali daraxt, 2 441 ta gul ko‘chati;
  • Qashqadaryo viloyatida 303 095 ta manzarali, 151 862 ta mevali daraxt, 195 903 ta gul ko‘chati;
  • Toshkent shahri bo‘yicha 33 721 ta manzarali, 30 247 ta mevali daraxt, 100 971 ta gul ko‘chati ekilgani aytildi.

«Hashar tadbirlari davomida yurtimizdagi ehtiyojmand aholi qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida 5 768 ta oilaning uy-joylari ta'mirlab berildi, 12 755 ta ehtiyojmand oila, xususan, 4 392 nafar nogiron va yolg‘iz qariyaga 2 mlrd 157 mln 220 ming so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi.

«Mahallamga 30 tup daraxt mening tuhfam» shiori ostida mahallalardagi turar joy mavzelari va ko‘chalarga tashabbuskor fuqarolar tomonidan qo‘shimcha ravishda 30 tupdan daraxt ko‘chatlari ekildi hamda mavjud daraxtlar oqlab chiqildi», – deya ma'lum qilgan Mahalla vazirligi.

Top