19:35 / 15.03.2021
12897

2021 yilgi «Oskar» mukofotiga nomzodlar ma'lum bo‘ldi

93-«Oskar» mukofotini topshirish marosimi 25 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Foto: Reuters

2021 yilgi «Oskar» mukofotiga nomzod film va aktyorlar nomi e'lon qilindi.

Rejissyor Xloya Chjaoning «Ko‘chmanchilar yeri», Florian Zellerning «Ota», Devid Fincherning «Mank», Shaki Kingning «Iuda va qora messiya», Li Ayzek Chunning «Minari», Emirald Fennelning «Umid beruvchi qiz», Darius Marderning «Metall tovushi», Aaron Sorkinning «Chikago yettiligi ustidan sud» filmlari «Eng yaxshi film» yo‘nalishida nomzod deb ko‘rsatildi.

Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun Xloya Chjao, Emirald Fennel, Tomas Vinterberg, Devid Fincher va Li Ayzek Chun da'vogarlik qiladi.

 Eng yaxshi erkak roli uchun mukofotga Entoni Xopkins («Ota»), Riz Ahmad («Metall tovushi»), Gari Oldman («Mank»), Stiven En («Minari») hamda o‘limidan so‘ng Chedvik Bouzman «Ma Reyni: blyuz onasi» filmi uchun nomzod etib ko‘rsatildi.

«Eng yaxshi aktrisa» nomiga da'vogarlar ro‘yxatidan Frensis Makdormand, Vanessa Kirbi, Keri Malligan, Viola Devis va Andra Dey joy oldi.

93-«Oskar» mukofotini topshirish marosimi 25 aprelda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid
Top