13:02 / 15.03.2021
7846
IIV departamentlaridan biriga yangi boshliq tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi.

IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, podpolkovnik Abdug‘ani Abdurahmonovich Obidjonov IIV Moliya va moddiy-texnika ta'minoti departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

podpolkovnik Abdug‘ani Abdurahmonovich Obidjonov

Tayinlovga qadar A.Obidjonov IIV Moliya va moddiy-texnika ta'minoti departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, IIV tizimida 5ta yangi tayinlov amalga oshirilgandi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri, Shirin shahri, Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri, Xorazm viloyati Urganch tumani va Xiva shahri IIBda yangi boshliqlar ish boshladi.

Top