20:59 / 15.03.2021
2757
Isroil barcha davlatlar bilan aviaaloqani tiklamoqda

Isroil 16 martdan barcha davlatlar bilan ikki tomonlama aviaaloqani tiklamoqda. Biroq mamlakatga kiruvchilar soni kuniga 3 ming kishi bilan cheklab qo‘yildi va bu chora hozircha sayyohlarga tegishli bo‘lmaydi. 

Isroil tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, Isroilga keluvchi reyslar soni kuniga 3 ming kishilik cheklov, ijtimoiy masofalashuv qoidalari va aeroportda test o‘tkazilishi hisobga olingan holda cheklanadi. Isroil sog‘liqni saqlash vazirligi “aholi sog‘lig‘iga xavf solishi mumkin bo‘lgan istalgan aviareysni bekor qilish” huquqiga ega bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, aviaaloqaning tiklanishi hozircha turistik parvozlarga ruxsat berilishini anglatmaydi. 

Avvalroq Isroil koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qilgandi. Mamlakatda mart oxirigacha barcha katta yoshli aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirmoqda.  

Top