16:07 / 15.03.2021
12041
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 16 mart kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi bir kun ichida 9,68 so‘mga ko‘tarilgan va bir dollar 10 528,59 so‘mni tashkil qilgan.

Yevro kursi 22,06 so‘mga oshib, 12 558,50 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 1,17 so‘mga ko‘tarilgan va 1 rubl 143,97 so‘mni tashkil etgan.

So‘nggi bir hafta ichida dollar kursi jami 31,12 so‘mga ko‘tarilgan - 26 fevraldan boshlab 6 kun davomida pasayib borgan rasmiy kurs 5 mart kuniga kelib ko‘tarilishni boshlagandi. 

Top