10:45 / 15.03.2021
2760
Toshkent tumanidagi maktablarda olib borilgan ta'mirlash ishlarida budjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Toshkent tumanidagi 5ta maktabda olib borilgan joriy ta'mirlash ishlarida budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Toshkent viloyati, Toshkent tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Departament xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida “K.I.” MChJ rahbari D.B. va tuman xalq ta'limi bo‘limining qurilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi S.T. tumandagi 5ta umumiy o‘rta ta'lim maktabida amalga oshirilgan joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 321,6 mln so‘m budjet mablag‘ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top