16:49 / 15.03.2021
22629

Toshkentda bog‘chalardan birida tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilarda koronavirus aniqlandi

Joriy yilning 15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. 

Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 13 mart kuni maktabgacha ta'lim muassasasida 2 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 

Xabarda aytilishicha, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun 12-moddasi “j” bandiga asosan maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari va tarbiyalanuvchilari 14 kunlik tibbiy nazoratga o‘tkaziladi.  

Avvalroq, Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida virus aniqlanayotgani, joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etilgani xabar qilingandi.

Ayni vaqtda Toshkent shahrida kuniga 2-3 ming kishi test qilinmoqda. Kasallik asosan, maktab o‘quvchilari, talabalar, tashkilot va muassasalar xodimlari orasida ko‘paygan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top