10:24 / 15.03.2021
2880
Toshkentda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in kelib chiqdi

Poytaxtda “Evos” umumiy ovqatlanish shoxobchasida kelib chiqqan yong‘in o‘z vaqtida bartaraf etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: FVV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, hodisa kecha soat 20:32da Shayxontohur tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 29-uyda joylashgan “Evos” umumiy ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, yong‘indan shoxobchaning 10 kvadrat metr maydoni zarar ko‘rgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 20:32da yetib borib, 20:46da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘indan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisaning taxminiy sababi va zarari aniqlanmoqda.

Top