15:16 / 16.03.2021
10999
Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni ma'lum qilindi

O‘zbekistonda qaysi hudud aholisida eng ko‘p yengil avtomobillar mavjudligi ochiqlandi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 2 767 126tani tashkil etmoqda. 

Ma'lum qilinishicha, har 100 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 8ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. 

Hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Toshkent shahri – 467 176ta;
  • Samarqand viloyati – 323 586ta;
  • Farg‘ona viloyati – 276 558ta;
  • Toshkent viloyati – 262 741ta; 
  • Qashqadaryo viloyati – 223 733ta;
  • Andijon viloyati – 192 944ta;
  • Xorazm viloyati – 187 457ta;
  • Buxoro viloyati – 180 478ta;
  • Namangan viloyati – 180 367ta;
  • Surxondaryo viloyati – 150 574ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 113 140ta;
  • Navoiy viloyati – 75 039ta;
  • Jizzax viloyati – 72 530ta;
  • Sirdaryo viloyati – 60 803ta.
Top