22:21 / 16.03.2021
6357
Instagram katta yoshli foydalanuvchilarning notanish o‘smirlarga xabar yozishini taqiqlaydi

Agar katta yoshli foydalanuvchi notanish o‘smirga xabar yozishga urinsa, unga shaxsiy xabari yetkazilmagani to‘g‘risida xabarnoma keladi. 

Foto: Rolf Vennenbernd / dpa / TASS

Instagram ijtimoiy tarmog‘i yosh auditoriyaning xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan yangi siyosatni joriy etadi, deb xabar berilmoqda kompaniya blogida.

Unga muvofiq, katta yoshli foydalanuvchilar o‘zlariga obuna bo‘lgan yosh foydalanuvchilargagina shaxsiy xabar jo‘natishlari mumkin bo‘ladi. 

Agar katta yoshli foydalanuvchi notanish o‘smirga xabar yozishga urinsa, unga shaxsiy xabari yetkazilmagani to‘g‘risida xabarnoma keladi. 

Bundan tashqari, yosh foydalanuvchilar 18 yoshdan kichiklarga ko‘p marotaba do‘stlik taklifi jo‘natgan katta yoshlilar to‘g‘risida ogohlantiriladi. 

Qayd etilishicha, ushbu funksiya ayrim mamlakatlarda mart oyidayoq ishga tushadi.

Top