16:24 / 16.03.2021
22563

O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga chaqiruv olgan futbolchilar e'lon qilindi. Shomurodov, Rashidov, O‘runov tarkibda

O‘zbekiston milliy jamoasi 22-30 mart kunlari FIFA kunlaridan o‘rin olgan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi tayyorgarlik rejasidan o‘rin olgan ushbu yig‘in uchun murabbiylar shtabi 29 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, ushbu hafta davomida tarkibga jalb qilingan aksariyat futbolchilar o‘z klubida uchrashuvlarda ishtirok etishini inobatga olgan holda, mazkur ro‘yxatda ba'zi o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin.

Avvalroq, Ukrainaning «Rux» klubi jamoa hujumchisi Bobur Abduxoliqov O‘zbekiston milliy jamoasiga chaqirilgani haqida ma'lum qilgan bo‘lsa-da, O‘FA e'lon qilgan ro‘yxatda 23 yoshli hujumchi joy olmagan.

O‘zbekiston milliy jamoasining mart oyidagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:
Eldorbek Suyunov (Paxtakor)
Abduvohid Ne'matov (Nasaf)
Javohir Ilyosov (Lokomotiv)

Himoyachilar:
Yegor Krimets (Paxtakor)
Farrux Sayfiyev (Paxtakor)
Hojiakbar Alijonov (Paxtakor) 
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (Paxtakor)
Islom To‘xtaxo‘jayev (Qizilqum)
Islomjon Qobilov (Lokomotiv)
Sanjar Qodirqulov (Lokomotiv)
Murod Xolmuhammedov (Qo‘qon-1912)
Azimjon Ahmedov (Navbahor)

Yarimhimoyachilar:
Otabek Shukurov (Sharja, BAA)
Odiljon Hamrobekov (Shabob Al-Ahli, BAA)
Jaloliddin Masharipov (Shabob Al-Ahli, BAA)
Dostonbek Hamdamov (Hatta, BAA)
Lutfulla To‘rayev (Bunyodkor)
Hojimat Erkinov (Paxtakor)
Sardor Sobirxo‘jayev (Paxtakor)
Humoyun Iminov (Paxtakor)
Sardor Rashidov (Paxtakor)
Abrorbek Ismoilov (Paxtakor)
Sanjar Shoahmedov (OKMK)
Oston O‘runov (Ufa, Rossiya)
Oybek Bozorov (Nasaf)

Hujumchilar:
Eldor Shomurodov (Jyenoa, Italiya)
Shahzodbek Ubaydullayev (Shaxtyor, Belarus)
Igor Sergeyev (Aktobe, Qozog‘iston)
Temurxo‘ja Abduxoliqov (Lokomotiv).

Top