09:22 / 16.03.2021
6310
Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘llar bir oyga yopildi

Joriy yilning 16 mart kuni soat 08:00dan Yunusobod tumanidagi ayrim yo‘l qismlari bir oy davomida harakatlanish uchun yopildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu yo‘llarni ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli amalga oshirildi.

Yopilgan yo‘l qismlari quyidagicha:

  • Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Anorzor ko‘chasidan Amir Temur shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Amir Temur shohko‘chasi yaqinidagi qaytish yo‘li;
  • Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘li, Amir Temur shohko‘chasidan Moyqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilarga vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Top