20:03 / 17.03.2021
13668

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e'lon qildi

Cheklovlar 18 martdan kuchga kiradi. Yangi savdo sanksiyalari milliy xavfsizlik bilan bog‘liq eksportga taalluqli.

Foto: AP Photo/Ivan Sekretarev

AQSh Rossiyaga qarshi yangi savdo sanksiyalari kiritilganini e'lon qildi. Bu haqda AQSh savdo vazirligi saytida ma'lum qilindi.

Cheklovlar 18 martdan kuchga kiradi. Yangi savdo sanksiyalari milliy xavfsizlik bilan bog‘liq eksportga taalluqli.

2021 yil 1 sentyabrgacha xususan, aviatsiya, kosmos va shifrlash hamda dasturiy ta'minot texnologiyalari uchun istisnolar ham ko‘zda tutilgan.

Savdo vazirligining ta'kidlashicha, sanksiyalar Moskva kimyoviy quroldan foydalanganligi to‘g‘risidagi ayblovlarga asosan kiritilmoqda. 

AQSh Rossiya Aleksey Navalniy va Sergey Skripal hamda uning qizi bilan bog‘liq holatlarda kimyoviy quroldan foydalangan deb hisoblamoqda. 

Top