21:19 / 17.03.2021
26928
"Boshqa yo‘l yo‘q". To‘qayev qozog‘istonliklarga murojaat bilan chiqdi

To‘qayev epidemiologik vaziyatga to‘xtalib, aholining hushyorligi susayganini ta'kidladi.

Foto: akorda.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlash borasida mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi.

To‘qayev Olmaota shahrini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda beqaror epidemiologik vaziyatga to‘xtaldi va aholining hushyorligi susayganini ta'kidladi.

 "Hamyurtlarimizni yana bir marta hushyorlikka, barcha sanitariya normalariga rioya qilishga, koronavirusga qarshi ommaviy emlashni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Hukumat va hokimliklar ommaviy emlashga tayyor bo‘lishi lozim. Biz 1 fevralda emlashni boshlaganmiz. Ammo hozirgacha to‘liq emlanganlar soni 18 mingdan ortiqroqni tashkil etmoqda. Reja bo‘yicha 6 milliondan ortiq kishini emlab bo‘lishimiz kerak edi. Jamoaviy immunitetga erishmasdan turib kasallikni yenga olmaymiz va iqtisodiyotni tiklay olmaymiz", - dedi To‘qayev.

U hukumatga bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirishni topshirdi.

"Bu masalani nazorat qilaman. Fuqarolarga yana bir bor murojaat qilaman, emlashga ijobiy qarash kerak, boshqa yo‘l yo‘q", - dedi Qozog‘iston prezidenti.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 226,7 mingdan oshgan, 2800dan ortiq bemor vafot etgan. So‘nggi sutkada kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 1100ga yaqin holat qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top