07:46 / 17.03.2021
7690
Bugundan O‘zbekistonda havo asta-sekin isiydi

Bugun kunduz kuni antitsiklon periferiyasi O‘zbekiston hududidan sekin ortga chekinadi, kunduz kuni havo asta-sekin isiydi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-14 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunning o‘rtasiga kelib, havo harorati 9-11 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Top