19:16 / 17.03.2021
11202

Foto: Toshkentda «Spark» svetoforni ag‘dardi

Toshkent shahrining Baynalmilal va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida, ko‘prikka yondosh yo‘lda «Spark» rusumli avtomobil yo‘l chetidagi svetoforni ag‘darib tashladi. 

Voqea 17 mart, soat 18:00 atrofida yuz bergan. Yo‘ldan noma'lum sababga ko‘ra chiqib ketgan oq rangli, «Spark» rusumli avtomobil piyodalar yo‘lagiga o‘rnatilgan svetoforni ag‘darib tashlagan holda to‘xtab qolgan. Voqea joyida bo‘lgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, YHXX xodimlari yetib kelishgan va holat rasmiylashtirilayotgan bo‘lgan. 

Jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid
Top