11:41 / 17.03.2021
32889
Fuqarolarda qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko‘pligi ma'lum qilindi

O‘zbekiston fuqarolarida qaysi rusumdagi avtomobillar soni ko‘p ekani aytildi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma'lumotlarni ochiqladi.

Statistika qo‘mitasi 2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekiston bo‘yicha jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan eng ommalashgan yengil avtomobillar turi va sonini ma'lum qildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, avtomobillar turi va soni quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • “Nexia” - 637 547 dona;
  • “Damas” - 429 404 dona; 
  • “Matiz” - 288 685 dona;
  • “Lacetti” - 282 929 dona; 
  • “Cobalt” - 267 948 dona.

Avvalroq, hududlar kesimida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni ma'lum qilingandi.

Top