13:15 / 17.03.2021
3735
Toshkent-O‘sh yo‘lida yuz bergan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Joriy yil 9 mart kuni soat 05:30larda, A-373 Toshkent-O‘sh yo‘lining 279-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Isuzu” rusumli yuk avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan, 1950 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top