17:50 / 17.03.2021
4062

Xususiy sektor vaksinani olib kira olmayapti, olib kirsa e'tiroz yo‘q – Bahodir Yusupaliyev

Bugun, 17 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “SOVID-19 bilan bog‘liq bugungi vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev vaksinani sotib olish va emlanish mumkinligi bo‘yicha gapirdi.

“Hozircha xususiy sektor vaksinani sotib ololmayapti. Sababi, vaksina yetmayapti. Lekin agar xususiy sektor olib kirsa va pullik asosda emlashni yo‘lga qo‘ysa, biz qarshilik qilmaymiz. 

Vaksinatsiya jarayonida talon-torojlikka yo‘l qo‘ymaslikka kelsak, har bir emlangan odam alohida ro‘yxatda turadi. Vaksina ajratilgandan boshlab emlanguncha bo‘lgan jarayon to‘liq nazoratga olinadi”, dedi Bahodir Yusupaliyev.

Bundan oldin, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari O‘zbekistonda emlanish ixtiyoriy bo‘lishi, hech kim majburlanmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top