08:14 / 17.03.2021
4034

YeOTB O‘zbekistonda chegaraoldi savdo bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirmoqchi

Joriy yilning 16 mart kuni hukumat delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida Moskva shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida YeOTBning moliyaviy va investitsiyaviy mahsulotlar hamda xizmatlar keng ko‘lamini taqdim etuvchi universal xalqaro moliya institutlaridan biri sifatidagi salohiyati alohida ta'kidlandi.

Bank tomonidan O‘zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish, infratuzilma yaratish va modernizatsiya qilish, shuningdek, chegaraoldi savdoni kengaytirish loyihalari moliyalashtirilishini nazarda tutgan holda, O‘zbekiston va YeOTB o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida yuqoridagi yo‘nalishlar doirasida aniq loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar belgilandi hamda YeOTB ekspertlarining O‘zbekistonga tashriflari jadvali kelishib olindi.

Top