00:40 / 18.03.2021
10027

AQSh Rossiya bilan qurol savdosiga taqiqlov kiritdi

Foto: Xinhua

AQSh qurol savdosi olib borish to‘liq taqiqlangan davlatlar ro‘yxatiga Rossiyani kiritdi. Bu qaror 18 martdan kuchga kiradi.

“AQSh siyosati Rossiyaga mo‘ljallangan mudofaa buyumlari va xizmatlarini eksport qilishga ruxsatlar yoki litsenziyalar berishni rad etishdan iborat”, deyilgan AQSh davlat departamenti qabul qilgan tegishli hujjatda.
 
Ta'kidlanishicha, koinot sohasida davlatlarning hamkorligi doirasidagi va 1 sentyabrgacha fazoviy tijorat parvozlari sohasidagi amaliyotlar bu embargodan mustasnodir.

Bundan tashqari, ro‘yxatga Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Kipr, Kongo Demokratik Respublikasi, Eritreya, Iroq, Livan, Liviya, Somali, Janubiy Sudan va Zimbabve kiritilgan.

O‘z navbatida, AQSh savdo vazirligi Rossiyaga nisbatan eksport cheklovlari kiritilganini ma'lum qilgan.

Top