15:59 / 18.03.2021
17119
Kreml Baydenning Putin haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Avvalroq AQSh prezidenti AVS telekanaliga intervyu berar ekan, «Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?» degan savolga «Ha» deb javob bergandi.

Dmitriy Peskov / Foto: Picture Alliance

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi so‘zlarini «juda yomon» deb atadi.

 «Bu borada ko‘p gapirishni istamagan bo‘lardim. Faqat aytishim mumkinki, AQSh prezidentining bu so‘zlari juda yomon. U biz bilan munosabat o‘rnatishni istamayapti va kelgusida aynan mana shundan kelib chiqib ish ko‘ramiz»,— dedi Peskov.

Vladimir Putin AQSh prezidentining so‘zlariga javob qaytarishi mumkinligi to‘g‘risidagi savolga esa Kreml vakili «Aniq aytolmayman» deb javob berdi. 

Avvalroq Jo Bayden AVS telekanaliga intervyu berar ekan, «Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?» degan savolga «Ha» deb javob bergandi.

Jo Bayden Vladimir Putin AQShdagi prezidentlik saylovlariga aralashgani uchun javob berishini qo‘shimcha qilgan.

Top