14:41 / 18.03.2021
2901

Ombudsman har yili qiynoq holatlari bo‘yicha ma'ruza tayyorlaydi

Prezidentning “Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Belgilab qo‘yilishicha, ombudsman har yili qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha ma'ruza tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun, hisobot yilidan keyingi yilning 15 martidan kechiktirmay, Oliy Majlis palatalariga taqdim etadi va ommaviy axborot vositalarida e'lon qiladi.

2021 yil 1 iyuldan e'tiboran shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

  • harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar haftaning dushanba-shanba kunlari soat 9:00dan 18:00gacha bo‘lgan vaqtda telefon orqali, shu jumladan, videkonferensaloqa rejimidan foydalangan holda murojaat qilishi mumkin bo‘lgan ombudsmanning “call-markazi” (murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markazi) hamda veb-saytida maxsus rukn tashkil etiladi;
  • Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaxslar yagona elektron reyestri yuritishni yo‘lga qo‘ysin.

Oliy Majlis palatalariga:

  • ombudsmanning qiynoq holatlarini aniqlash va ular oldini olish bo‘yicha ma'ruzasini har yili eshitib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;
  • jamoatchilik guruhlari shakllantirish, faoliyatini tashkil qilish va monitoring o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni qabul qilish tavsiya etilmoqda.
Top