00:00 / 18.03.2021
3279

Yevropa ittifoqida koronavirusga emlanganlik haqida raqamli sertifikat joriy qilinishi mumkin

Yevrokomissiya Yevropa ittifoqi ichida pandemiya vaqtida harakatlanishni osonlashtiruvchi raqamli yashil sertifikat joriy qilishni taklif qildi. 

Foto: Global Look Press/Christoph Hardt

Sertifikat odam koronavirusga qarshi emlangani, virusga manfiy test topshirgani va koronavirusga chalingandan keyin sog‘ayganining isboti bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, bu vaksina olishni istamayotgan odamlarning tahqirlanishidan qochishga imkon beradi.

Hujjat qog‘oz yoki raqamli formatda bepul taqdim etiladi. U haqiqiyligini isbotlash uchun maxsus QR-kodga ega bo‘ladi.    

Sertifikat Yevropa ittifoqiga a'zo barcha davlatlarda amal qiladi hamda uni Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Shveytsariya fuqarolari ham olishi mumkin. Sertifikatni nafaqat YeI fuqarolari, balki ularning oila a'zolari fuqaroligidan qat'i nazar olishi kerak bo‘ladi. U, shuningdek, YeIda yashovchi fuqaroligi yo‘q odamlarga va sayyohlarga berilishi lozim bo‘ladi.

“Raqamli yashil sertifikat vaqtinchalik chora. U JSST koronavirus bilan bog‘liq favqulodda vaziyat yakunlanganini e'lon qilishi bilan to‘xtatiladi”, deb aytilgan Yevrokomissiya xabarida.

Mavzuga oid
Top