22:03 / 19.03.2021
41282
Bayden samolyot trapidan chiqayotib uch marta qoqilib tushdi

Jo Bayden AQSh tarixidagi eng keksa yoshda saylangan prezident hisoblanadi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden Air Force One samolyoti bortiga ko‘tarilayotib uch marta qoqilib tushdi.

Lavhadan ko‘rinishicha, Bayden trapdan tezlik bilan ko‘tarila boshlagan, ammo qoqilib tushgan, so‘ngra o‘rnidan turib qadam bosib yana qoqilgan. Bir marta esa hatto zinaga tizzasi bilan tushgan.

Shundan keyin tutqichlarni ikki qo‘llab ushlagan AQSh prezidenti samolyot bortiga ko‘tarilgan.

Juma kuni Bayden Jorjiya shtatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, Jo Bayden AQSh tarixidagi eng keksa yoshda saylangan prezident hisoblanadi. U 78 yoshda.

Top