18:38 / 19.03.2021
4552
«O‘zmetkombinat» AJdan bolg‘alangan po‘lat mahsulotlari taklifi

«O‘zmetkombinat» AJ ta'mirlash korxonalari uchun bir necha turdagi bolg‘alangan po‘lat mahsulotlarini taklif etadi. Bular:

-      Dumaloq kesim yuzali bolg‘alangan po‘lat mahsulotlar (pokovka);

-      Oltiburchak kesim yuzali bolg‘alangan po‘lat mahsulotlar (pokovka);

-      Kvadrat kesim yuzali bolg‘alangan po‘lat mahsulotlar (pokovka);

-      Disk shaklidagi bolg‘alangan po‘lat mahsulotlar (pokovka);

-      Tsilindr shaklidagi bolg‘alangan po‘lat mahsulotlar (pokovka);

-      To‘rtburchak kesim yuzali bolg‘alangan po‘lat mahsulotlar (pokovka).

Shuningdek, «O‘zmetkombinat» AJ xalq iste'moliga mo‘ljallangan keng turdagi xo‘jalik mollari, xususan, bazalt asosidagi issiqlik o‘tkazmas materiallari, po‘lat simlar va armatura, cirlangan po‘lat buyumlar, payvandlash elektrodlari hamda to‘rsimon va tikanli simlar va boshqa keng turdagi mahsulotlarni ham ishlab chiqaradi.

Bundan tashqari, «O‘zmetkombinat» AJ fuqarolar va korxonalar uchun metallolom topshirish orqali daromad qilish imkonini ham yaratgan.

Bolg‘alangan po‘lat mahsulotlari xaridi uchun quyidagi raqamlarga sim qoqishingiz mumkin.

«O‘zmetkombinat» AJ matbuot xizmati

Top