19:30 / 19.03.2021
1597
So‘nggi o‘n yilda Samarqand viloyatidan ko‘chib ketganlar soni ma'lum qilindi

So‘nggi o‘n yil davomida Samarqand viloyatidan 152 327 nafar odam ko‘chib ketgan. Viloyatga 102 874 nafar odam ko‘chib kelgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yilda Samarqand viloyatidan 18 040 nafar odam ko‘chib ketgan. 5176 nafar odam ko‘chib kelgan. Oradagi farq 12 864 nafar. Bu so‘nggi o‘n yildagi eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Boshqa yillarda tafovut uncha katta bo‘lmagan.

Ma'lum bo‘lishicha, so‘nggi o‘n yil sarhisob qilinganda Samarqand viloyatidan eng ko‘p odam 2020 yilda ko‘chib ketgan – 18040 nafar. Eng kam 2012 yilda ko‘chib ketgan – 13 741 nafar.

Viloyatga eng ko‘p odam 2011 yilda ko‘chib kelgan – 12 983 nafar. Eng kam 2020 yilda ko‘chib kelgan – 5 176 nafar.

Ma'lumot uchun, 2020 yilda O‘zbekistondan 203,7 ming odam ko‘chib ketgan. 191,2 ming odam ko‘chib kelgan.

Top