11:37 / 19.03.2021
1581
Turizmni rivojlantirish uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining «Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Norma’ning yozishicha, prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • tashrif buyuruvchilar uchun shart-sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obektlari ro‘yxati;
  • ziyorat turizmi marshrutlarida foydalaniladigan madaniy meros obektlarining 2021-2025 yillarda ustuvor ravishda restavratsiya qilish dasturi;
  • uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy turistlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;
  • xorijiy tillarga tarjima qilinadigan va targ‘iboti keng amalga oshiriladigan, allomalar va ziyoratgohlar to‘g‘risidagi filmlar ro‘yxati;
  • O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlari bir qismini respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • subsidiyalanadigan avia va temir yo‘l qatnovi yo‘nalishlari, avia chiptalar va mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tarkibi;
  • ziyorat turizmini rivojlantirishning muvofiqlashtirish kengashi tarkibi.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlari bir qismini respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, 2021 yil 1 martdan 2022 yil 1 iyungacha quyidagi subsidiyalar joriy etiladi:

  • mahalliy aviaqatnovlarda aviachipta narxining 25 foizi miqdorida, turoperatorlar orqali xarid qilingan temir yo‘l chiptalari narxi 15 foizga pasaytiriladi, umumiy chegirma summasi 40 foizni tashkil etadi;

O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narxining 15 foizi hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10 foizi miqdorida.

Yashovchilarning har bir yashagan kuni uchun joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yig‘im miqdori bazaviy hisoblash miqdori 0,4 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, nizomda quyidagilar belgilandi:

  • aviatashuvchilarga ajratiladigan subsidiya miqdorini aniqlash tartibi;
  • sayohat tashkilotchisiga transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari uchun subsidiya ajratish tartibi;
  • sayohat tashkilotchilarining subsidiya olish uchun arizalar topshirish tartibi.
Top