08:28 / 20.03.2021
1306
Asaka tumanida kam ta'minlangan va ishsiz fuqarolarga ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilganlar fosh etildi 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumanda “A.A.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari I.A. Asaka tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas'ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam ta'minlangan va ishsiz fuqaro nomidan ularning imzolarini soxtalashtirib, budjetdan ajratilgan 111,5 mln so‘m subsidiya mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan

Mazkur holat yuzasidan I.A., markaz mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijon tumanida 710ta xonadonga yetishi mumkin bo‘lgan tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Top