14:54 / 20.03.2021
6534

“Avval Yevropa oldidagi majburiyatlaringni bajar”. Yevrokomissiya raisi AstraZeneca kompaniyasiga tahdid qildi 

Foto: Gavi

Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen AstraZeneca kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berish bo‘yicha majburiyatini bajara olmagani yuzasidan keskin fikr bildirdi.

"Rejalashtirilgan eksportni taqiqlashga imkoniyatimiz bor. AstraZeneca uchun aytar so‘zimiz mana shu: sen boshqa mamlakatlarga yetkazib berishdan avval Yevropa oldidagi shartnomaviy majburiyatlaringni bajar", - dedi fon der Lyayyen. 

Ursula fon der Lyayyen kompaniyani 2021 yilning birinchi choragida Yevropaga va'da qilingan mahsulotning atigi 30 foizini yetkazib bergani uchun tanqid qildi. Yevrokomissiya rahbari 16 martda AstraZeneca vaksinasi eksportiga taqiq qo‘yilishi mumkinligini aytgandi. 

18 mart kuni fon der Lyayyen AstraZeneca rahbariyatiga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berilishidagi muammolar bo‘yicha rasmiy maktub yuborilganini ma'lum qilgandi.  

Mavzuga oid
Top