14:17 / 20.03.2021
7327
Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish holatlari o‘sishi qayd etildi 

Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 230,5 mingdan oshgan. 

Foto: Reuters

Qozog‘istonda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1310ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, undan avvalgi kuni respublikada 1124ta holat aniqlangan.

Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 230,5 mingdan oshgan.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirusga qarshi emlash borasida mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqqandi

To‘qayev murojaatida aholining hushyorligi susayganini ta'kidlagan. 

Top