10:30 / 20.03.2021
4863
Toshkentda dam olish kunlari jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi ma'lum qilindi

"Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati 2021 yil 20, 21, 22 mart kunlari jamoat transporti harakati qanday tashkil etilishi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 19 martdagi 43-sonli "Navro‘z bayrami tantanalarini nishonlash kunlarida avtobus yo‘nalishlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga asosan, Navro‘z bayrami nishonlanishi munosabati bilan 2021 yil 20, 21, 22 mart kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi:

  • 2021 yil 20 mart - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida;
  • 2021 yil 21 mart - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytiriladi;
  • 2021 yil 22 mart - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha harakatlanish ko‘zda tutilgan;
  • 2021 yil 27 mart - ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.
Top