09:00 / 20.03.2021
6175
Reklama

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi sotuvlarining yangi bosqichi boshlandi

Bizning Uylar Development kompaniyasi Yangi ChoshTepa turar joy majmuasida qurilishining ikkinchi bosqichini boshlanganligi sababli 566 ta yangi xonadonlar sotuvga chiqarildi.

Yangi ChoshTepa – bu poytaxtning Yangihayot tumanidagi oilaviy turar joy majmuasidir. Dastlabki bosqichda hali qurilish yakunlanmasdanoq xonadonlarning 70% dan ortig‘i xaridorlar tomonidan xarid qilingan bo‘lib, qurilish yakunlanib, tayyor uy foydalanishga topshirilguniga qadar sotuvlar maksimal darajaga yetgandi.

Tayyor uy joylarni bosqichma-bosqich qurish va parallel ravishda kelajakdagi egalarga o‘z vaqtida yetkazilishi majmuaga tez orada ko‘chib kelish imkoniyatini berdi. Majmuada uy-joy maydonini munosib loyihalash, rivojlangan infratuzilma va ko‘chmas mulkni sotib olish uchun qulay sharoit yaratib berish orqali Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi aholi orasida katta mashhurlikka erishdi. Majmuaga bo‘lgan qiziqish va talabni inobatga olgan holda kompaniya loyihani kengaytira boshladi.

Shunday qilib, qo‘shni hududda shunga o‘xshash turar joy majmuasini qurishning yangi bosqichi doirasida 566 ta yangi xonadonlarni bunyod etish loyihalandi. Mazkur loyihaga ko‘ra 9 dona to‘qqiz qavatli uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularda 35 dan 74 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan 1, 2 va 3 xonali xonadonlar bo‘ladi.

Yangi turar joy majmuasida ham rivojlangan infratuzilma yaratiladi. Bu yerda bepul avtoturargohlar, yopiq hovlilarda bolalar va sport maydonchalari, toza havoda sayr qilish uchun yashil maydonchalar bunyod etiladi. Ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va qurilish maydonchalarida ishlarni uzluksiz tashkil etish qurilish vaqtini qisqartiradi. Joylarni tayyorlash va poydevor hozirlash bosqichida sotuvlar boshlanib, xaridorlarga maksimal darajada qulay shartlar taqdim etiladi.

Sotuv ofisimizga tashrif buyurib yangi loyiha bilan tanishishingiz, xonadon sotib olish shartlari va foydali variantlari haqida qo‘shimcha ma'lumot olishingiz mumkin.

Sotuv ofisi soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” MFY, O‘zar ko‘chasi

Sayt: www.bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Reklama huquqi asosida

Top