14:59 / 21.03.2021
18432
Foto: Prezident bayram saylida ishtirok etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navro‘zga bag‘ishlangan tantanali marosimdan so‘ng, bayram saylida ishtirok etdi. Sayilga kelgan odamlar bilan suhbatlashib, ularni tabrikladi.

Nuroniylar Allohdan bayram qutlug‘ kelib, hosillar mo‘l, rizqu nasibamiz ko‘p bo‘lishini, yanagi Navro‘zlarga tinchlik-farovonlikda yetkazishini so‘rab duolar qildi.

Davlatimiz rahbari milliy madaniyat markazlari, folklor-enografik jamoalar chiqishlarini kuzatdi. Yosh ijrochilarga doim o‘qish va izlanishda bo‘lish kerakligini ta'kidlab, ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Navro‘z sayillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda, qishloq va mahallalarda davom etmoqda.

Top