16:18 / 21.03.2021
660
Xorazmda ijtimoiy himoyaga muhtoj odamlarga 100 ming so‘mdan tarqatildi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Xorazm viloyatining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholisi moddiy tarafdan qo‘llab-quvvatlandi.

Shahar va tuman hokimliklari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, o‘ta muhtoj va kambag‘al oilalarga, «temir daftar», «yoshlar daftari», «ayollar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga 100 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, Urganch shahrida shu toifadagi aholiga 209,5 mln so‘m, Urganch tumanida 204,4 mln so‘m, Yangibozor tumanida 128 mln so‘m, Gurlan tumanida 102 mln so‘m, Tuproqqal'a tumanida 63,4 mln so‘m tarqatildi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor, bemor kishilarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Top