15:24 / 22.03.2021
2748
Ispaniya razvedkasi Rossiyani kiberhujum uyushtirishda gumon qilmoqda

Avvalroq Microsoft rahbari Rossiyani AQSh tarixidagi eng xavfli kiberhujumda ayblagandi.

Foto: Getty Images

Ispaniya razvedkasi mamlakat bandlik xizmatiga (SEPE) qilingan hakerlik hujumi ortida Rossiya turganini gumon qilmoqda. Bu haqda El Confidencial gazetasi xabar berdi.

9 mart kuni SEPE serverlari kiberhujumga uchragandi. Nashrning yozishicha, bunday hujumdan maqsad, "davlat muassasasi sha'nini to‘kish" va "aholi noroziligini uyg‘otish"dir.

Shu bilan birga, gazeta Rossiyaning ushbu hujumga aloqadorligini isbotlovchi dalil keltirmagan.

Avvalroq Microsoft rahbari Rossiyani AQSh tarixidagi eng xavfli kiberhujumda ayblagandi.

 "Biz Rossiya razvedkasiga olib boruvchi dalillarni aniqladik va boshqa joyga olib boradigan dalil topmadik", - degandi Microsoft prezidenti Bred Smit.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, kiberhujum boshlangan SolarWinds kompaniyasi tizimlariga kirishga imkon bergan kodni yaratish uchun mingdan ortiq yuqori malakali dasturchi ish olib borishi kerak. Bu esa mazkur hujumda davlat tuzilmalari ishtirok etganligini ko‘rsatadi.

Top